Eng hurmatli insonlar oʻqituvchi va murabbiylardir — Prezident
Siyosat
15 sen 2025, 13:50
502
Oʻtgan sakkiz yilda taʼlim va ilm-fanga xarajatlar 6 karra oshirilib, 378 trillion soʻm mablagʻ ajratildi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz Oʻzbekiston tarixida ilk bor 50 milliard dollarlik marradan oshdi.
«Iqtisodiyotimiz barqaror oʻsyapti, resurs va zaxiralarimiz ham yetarli.
Bu – bogʻcha, maktab, texnikum va oliygohlar qurish, taʼlim va ilm dargohlarini zamonaviy jihozlash, ustoz va murabbiylarning moddiy manfaatdorligini muntazam oshirib borishning kafolati emasmi?!
Bir soʻz bilan aytganda, taʼlim sifatini oshirish hamda ustoz va murabbiylarning mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarimizning eng ustuvor yoʻnalishi boʻlib qoladi.
Zero, Yangi Oʻzbekistonda eng muhim soha – taʼlim, eng hurmatli insonlar – oʻqituvchi va murabbiylardir!», – dedi Prezident.