Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida “Eng yaxshi metrolog” tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, “Eng yaxshi metrolog” mukofoti uchun tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • ilmiy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi metrolog;
  • amaliy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi metrolog;
  • eng yaxshi yosh metrolog.

Quyidagilar “Eng yaxshi metrolog” mukofotini berishning asosiy mezonlari hisoblanadi: 

  • mamlakat sanoati rivojlanishining asosiy omili sifatida metrologiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi;
  • metrologiya yo‘nalishida, ta’lim faoliyati va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyati natijadorligi.

Talabgor har yili 10 aprelygacha belgilangan hujjatlarni ariza bilan birga Tanlov komissiyasi kotibiga taqdim etadi.

Tanlov g‘oliblari har yili 20 may arafasida tantanali tarzda mukofotlanadi.

“Eng yaxshi metrolog” mukofoti g‘oliblari maxsus mukofot nishoni va diplom bilan taqdirlanadi.