Esini taniy boshlagan bolajonlarimizga dunyoni, tabiat, hayvonotu oʻsimlik dunyosi, umuman, u kim, bu nima ekanini anglatishimizda ensiklopediyalarning oʻrni katta. Aniqrogʻi, farzandlarimiz dunyoqarashi, ongini oʻstirishda ensiklopediya bizga yordamchi boʻladi. Shuningdek, oʻzimiz ham ensiklopediyalardan bilmagan savollarimizga javob olishda keng foydalanamiz. Texnika rivojlangan ayni paytda esa insonlar koʻplab maʼlumotlardan vikipediya orqali bilib olishmoqda.

Bilasizmi, vikipediya paydo boʻlishidan oldin eng katta ensiklopediya Xitoy imperatori Yonglening buyrugʻi bilan yaratilgan, imperator kutubxonasining barcha kitoblaridan, shu jumladan kanonik, tarixiy, falsafiy va badiiy asarlaridan bilimlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotnoma hisoblangan. U 1407-yilda yaratilgan va taxminan 600-yil davomida saqlanib kelgan.