Dunyodagi eng keksa futbolchi Kadzuyosi Miura  joriy yilning 27 fevral kuni 56 yoshga to‘ldi. U Portugaliya chempionati ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi    “Oliveyrense” klubida faoliyat ko‘rsatadi. Miura yaqinda klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.

Yaponiyalik futbolchi  89 marta milliy jamoa tarkibida ham maydonga tushib, 55 ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, u futzal bo‘yicha Yaponiya milliy jamoasi tarkibini 6 marta himoya qilgan.