Davlat soliq qoʻmitasi bergan maʼlumtga koʻra, aholi tomonidan onlayn nazorat kassa texnikasi orqali 2022-yil yanvar-avgust oylarida 111,7 milliard soʻmlik kitob sotib olingan.

Ushbu davr mobaynida 5 708 ta kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi subyektning 15,3 ming savdo shoxobchalari orqali 980,6 ming marta kitob mahsulotlari realizatsiya qilingan.

Eng koʻp kitob xarid qilingan hududlar esa:

Toshkent shahri – 58,9 milliard soʻm.

Andijon viloyati – 14,8 milliard soʻm,

Toshkent viloyati – 12,5 milliard soʻm,

Navoiy viloyati – 6,8 milliard soʻm,

Samarqand viloyati – 4,1 milliard soʻm.