Sirdaryoda boʻlib oʻtayotgan “Bagʻrikeng Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” doʻstlik festivali doirasida mazkur tanlovning gʻolibi - Boyovut tumani 35-umumtaʼlim maktabi direktori Akbar Nazarovga viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev “Spark” avtomobilining kalitini topshirdi.

Kitob mutolaasi dunyoqarashni kengaytiradi. Yaxshi kitob oʻqigan sari kishida hayotga oʻzgacha bir nazar bilan qarash boshlanadi. Muxtasar qilib aytganda, kitob insonni barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Tadbir nafaqat yoshlarga yuqori kayfiyat berishi balki kitobxonlikni keng targʻib qilish kabi ezgu gʻoyalarga yoʻgʻrilgani bilan ham ahamiyatli.