Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatidagi deyarli barcha, yaʼni 350 dan ortiq umumtaʼlim maktablari jalb qilingan holda yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida 300 turdagi badiiy va fanlarga oid kitoblar, oʻzbek va jahon adabiyoti namunalari taʼlim maskanlariga taqdim etilib borilmoqda.

Eʼtiborlisi, loyiha yakunida “Eng kitobxon tuman” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan hududga avtomashina sovgʻa qilish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, loyihada yaxshi qatnashgan ishtirokchilar – “Iqtidorli oʻquvchi”, “Eng faol kutubxonachi”, “Faol maktab direktori”, “Eng faol OAV xodimlari” nominatsiyalari gʻoliblariga ham qimmatbaho sovgʻalar taqdim etiladi.

Loyiha gʻoliblarini taqdirlash marosimi mart oyida boʻlib oʻtadi.