Transfermarkt portali 2022-yilda barcha musobaqalarda eng koʻp het-trikka erishgan top-5 liga futbolchilari roʻyxatini eʼlon qildi.

Roʻyxatda birinchi oʻrinni Klian Mbappe egallagan. U besh marta het-trik qayd etgan. Erling Xolandning het-triklari soni toʻrtta. Robert Levandovski uchta oʻyinda uchtadan gol urgan.

Oʻzbekiston termasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov bu roʻyxatning beshinchi oʻrnidan joy olgan. Eldor ikki marta – “Navruz Cup”da Ugandaga qarshi oʻyinda (4:2) va Osiyo Kubogi saralashida Maldiv (4:0) bilan bahsda raqiblar darvozabonlarini uch martadan dogʻda qoldirgan.

Eldordan tashqari, Osimxen Viktor, Ayven Touni, Karim Benzima, Krishtianu Ronaldu, Ben Yedder, Son Xin Min ham ikkitadan het-trikka erishgan.