Eng ko'p ipoteka krediti olgan viloyatlar nomi ochiqlandi

    O'zbekistonda banklar tomonidan olti oy davomida jismoniy shaxslarga jami 3,5 trillion so'mdan ko'proq ipoteka kreditlari ajratilgan.

    Joriy yilning 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining ipoteka portfeli 30,8 trillion soʻmni tashkil etdi, bu esa 2020-yil boshiga nisbatan 10,5 trillion soʻmga koʻpdir.

    2019-yilning yanvar oyida bu koʻrsatkich 13,8 trillion soʻmga teng boʻlgan. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati xabar beradi, deb yozmoqda review.uz sayti.

    Ipoteka qayta moliyalash kompaniyasi hisobiga berilgan kreditlar 584,6 milliard soʻmni tashkil etdi. Tijorat banklari tomonidan 497,8 milliard soʻmlik uzoq muddatli kreditlar berildi.

    25,3 mingdan ortiq fuqaro uy-joy sotib olish uchun kredit oldi, barcha mablagʻlarning 81 foizi (2,86 trln.soʻm) birlamchi bozorda xonadonlar sotib olish uchun berildi.

    Eng koʻp kreditni Fargʻona (328,2 mlrd.soʻm), Andijon (294,3 mlrd. soʻm) va Samarqand viloyatlari (276,3 mlrd. soʻm) aholisi oldi.