Tijorat banklari tomonidan oʻrnatilgan bankomatlar soni (Humo va Uzcard birgalikda) 2020-yil 1-noyabr holatiga 6276 tani tashkil qilgan, deb yozmoqda “Bank va Mijoz” kanali.

Humo toʻlov tizimining saytida oʻrnatilgan bankomatlar soni 2800 dan ortiq deb koʻrsatilgan. Uzcard tomonidan oʻrnatilgan bankomatlar soni ham 3400 dan oshganligini koʻrish mumkin.

Shuningdek, banklar tomonidan eng koʻp bankomat — Agrobank tomonidan 1423 ta oʻrnatilgan.

Quyida eng koʻp bankomat oʻrnatgan banklar oʻnligi:

  1. Agro bank – 1423 ta;
  2. Xalq banki – 906 ta;
  3. Ipoteka-bank – 492 ta;
  4. Kapitalbank –480 ta;
  5. Sanoatqurilishbank – 308 ta;
  6. Hamkor bank – 295 ta;
  7. Milliy bank – 282 ta;
  8. Ipak yoʻli banki – 248 ta;
  9. Aziya Alyans bank –229 ta;
  10. Turon bank – 226 ta.