Reglamentga koʻra, bugun barcha jamoa va sportchilarni yakuniy roʻyxatdan oʻtkazish, hakamlar yigʻilishi kabi tadbirlar oʻtkaziladi, deya xabar beradi Milliy Olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati

Ertadan esa oʻsmirlar toifasidagi bahslarga start beriladi. Eslatib oʻtamiz, 15-18-mart kunlari oʻsmirlar, 19-21-mart kunlari kattalar oʻrtasidagi bahslar oʻrin olgan.

Musobaqada Akbar Joʻrayev, Ruslan Nurudinov kabi Olimpiya oʻyinlari chempionlari, shuningdek, Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev kabi jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari ham ishtirok etishadi.