Xabar berganimizdek, musobaqa bilan parallel ravishda oʻsha yoʻnalishga bagʻishlangan “Ochiq eshiklar kuni” ham tashkil qilindi. MOQ hamda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov ushbu bellashuvlarni kuzatish va sportchilarimiz bilan uchrashish uchun musobaqa oʻtkazilayotgan arenaga tashrif buyurdi.
MOQ raisi sportchilarimiz bilan suhbatlashar ekan, ularning kelgusi yil uchun qoʻygan rejalari haqida gaplashdi va bu borada qilichbozlarimizga omad tilab oʻtdi.
Keskin va qiziqarli kechgan bellashuvlar yakunida ayollar oʻrtasida Yana Obvinseva birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, yigitlarimizdan Sherzod Mamutov oʻz gʻalabasini tantana qildi.
Musobaqaning gʻolib va sovrindorlari safida Yana Obvinseva, Sevinch Ismoilova, Sevila Xudoyberganova hamda Venera Isroilovalar bor. Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda Sherzod Mamutov, Jaloliddin Dushamboyev, Bobur Rasulov va Fozil Genjeboyev gʻolib va sovrindor boʻlishdi.