“Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovi oʻtkaziladi

    Yashil sayyora 24 Iyun 2025 1084

    Hukumat qarori (385-son, 24.06.2025-y.) bilan “Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

    Nizom oʻz faoliyatida chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirishda tashabbus koʻrsatgan tadbirkorlar oʻrtasida “Eng namunali yashil turizm obyekti“ tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.

    Turizm qoʻmitasi har yili 1-iyulgacha tanlovni oʻtkazish haqida oʻz rasmiy sahifalarida eʼlon beradi.

    Tanlov har yili sentyabr — noyabr oylarida quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:

    • hududiy saralash bosqichi – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
    • respublika yakuniy bosqichi — hududiy saralash bosqichlari gʻoliblari oʻrtasida respublika miqyosida.

    Respublika bosqichi gʻoliblari quyidagi miqdorlarda bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

    • 1-oʻrin — BHMning 150 baravari;
    • 2-oʻrin — BHMning 100 baravari;
    • 3-oʻrin — BHMning 50 baravari.