Tanlovga “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan asarlar-materiallar qabul qilinadi.
“Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovi quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
- yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
- bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
- televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
- internet-jurnalistika;
- tasviriy sanʼat, foto asarlari va dizayn ishlari;
- kino sanʼati asarlari.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- muallif va uning professional faoliyati toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (obyektivka);
- muallifning pasport nusxasi;
- ish joyidan tavsiyanoma;
- muallifning manzili va bogʻlanish telefonlari.
Tanlovga 2020-yilning 1-avgustidan 2021-yilning 1-avgustigacha boʻlgan davrda eʼlon qilingan materiallar – asarlar joriy yilning 1-avgustigacha qabul qilinadi.
Tanlov gʻoliblari Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning roʻyxati matbuotda eʼlon qilinadi.
Ijodiy ishlar “Eng ulugʻ, eng aziz” tanloviga deb koʻrsatilgan holda oʻz ijodiy yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, 100011. Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. Tel.: 71- 244-64-61.
Oʻzbekiston “Tasviriy oina” uyushmasi, 100011. Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. Tel.: 71- 244-11-64.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, 100066, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, Adiblar xiyoboni.tel. 71--231-83-49
Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, 100115, Toshkent shahri,Chilonzor koʻchasi 1 “A” uy. Tel. 71-277-81-49.