Ma'lumotlar Yerga yaqin obyektlarni o'rganish markazi (CNEOS) tomonidan to'plangan va xaritaga kiritilgan.
Diametri bir kilometrdan oshadigan asteroidlar xavfli hisoblanadi. Bunday obyektning Yerga kelib urilishi butun shaharni yo'q qilishi va ekotizimlarga katta zarar yetkazishi mumkin. Shu bois olimlar fazoviy tahdidlarning oldini olish va bartaraf etish usullariga alohida e'tibor berishadi.
Yangi tadqiqot shuni ko'rsatdiki, keyingi yuz yil ichida Yerga xavfli obyekt bilan to'qnashuv tahdid solmaydi. Ammo uzoqroq muddatga aniq bashorat qilish juda qiyin, chunki vaqt o'tishi bilan asteroidlar orbitalarida o'zgarishlar sodir bo'ladi.
Olimlar sayyoramiz uchun xavfli bo'lgan 2200 ta obyektni aniqlashdi. Kompyuter simulyatsiyalaridan foydalangan holda, ular asteroidlarning yo'nalishi va tezligidagi tebranishlarni hisobga olgan holda, ularning orbital yo'nalishlarining mumkin bo'lgan maksimal sonini xaritalashdi.
Ayniqsa, 7482 raqami asteroyid xavfli deb topildi. Olimlarning ta'kidlashicha, u keyingi ming yillikda Yer yaqinida “ko'p vaqt o'tkazadi”.
Olimlar, shuningdek, 143651 asteroidiga ham e'tibor qaratishdi. U shunday tartibsiz orbitaga egaki, uning joylashishini hatto keyingi bir necha o'n yilliklar ichida ham oldindan aytib bo'lmaydi.
Umuman olganda, astronomlar “qattiq ta'sir qilish” ehtimoli nolga teng bo'lmagan 28 asteroyidni aniqlashdi. Bu ularning Yerdan Oygacha bo'lgan masofadan ham kamroq oraliqda harakatlanishini anglatadi, deb xabar beradi mir24.tv.