Britaniyaning FourFourTwo jurnali  futbol tomosha qilish uchun eng yaxshi stadionlar roʻyxatini eʼlon qildi. Gʻolibni aniqlashda stadionning estetik jozibasm, tribunadagi atmosfera va tarixi kabi mezonlar asos qilib olindi.

Top oʻntalika quyidagi stadionlar kirdi:

  1. “Santyago Bernabeu” (“Real” Madrid stadioni);
  2. “Marakana” (“Flamengo”, “Fluminense”, “Vasko da Gama”);
  3. “Signal Iduna Park” (“Borussiya” Dortmund);
  4. “Bombonera” yoki “Estadio Alberto Xakinto Armando” (“Boka Xuniors”);
  5. “San-Siro” (“Milan”, “Inter”);
  6. “Kamp Nou” (“Barselona”);
  7. “Monumental Antonio Vespusio Liberti” (“River Pleyt”);
  8. “Asteka” (“Krus Asul”, “Amerika”);
  9. “Tottenhem Hotspur Stedium” (“Tottenhem);
  10. “Aybroks” (“Reynjers”).