YUNESKO tomonidan Jahon merosi ro'yxatiga kiritilganining 29 yilligini nishonlagan Karabukning Safranbolu tumani o'tgan yillar davomida millionlab sayyohni qabul qildi.
“Eng yaxshi himoyalangan 20 shahar” qatoridan joy olgan Safranbolu, YUNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan kun, 1994-yil 17-dekabrdan buyon tarixiy koʻchalarida tashrif buyuruvchilarni o'tmishga sayohat qilishga chorlab kelmoqda.
1976-yilda Turk hujjatli film ustasi marhum Suha Arin tomonidan suratga olingan “Safranboludagi vaqt” filmi omma e’tiboriga tushishi ortidan, kelasi yil 14-Antaliya kinofestivalida “eng yaxshi qisqa metrajli film” mukofotini qo'lga kiritgan tuman, o'tgan vaqt davomida o'zining madaniy holatini ijobiy saqlab, 1994 yil dekabr oyida YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Usmonlilar me'morchiligi, shahar hayoti va madaniyatini aks ettirgani uchun “Usmonli imperiyasining barmoq izi” deb atalgan Safranboluda, o'sha davrdan qolgan karvonsaroy, hammom, ko'shk, favvora, masjid, ko'prik va o'sha davrga oid ko'plab topilma asarlar mavjud.
70 gektar maydonda 1466 ta ko‘chmas madaniy boyliklar
Safranbolu tumani hokimi Shaban Arda Yaziji AA muxbiriga, YUNESKOning dunyoda himoya qilinishi lozim deb topilgan va insoniyatning umumiy meros sifatida ko'rishi mumkin bo'lgan ba'zi tarixiy obidalar muhofazasi kuchli nazorat ostiga olinganini va ro'yxatga qo'shilganiga 29 yil to'lgani ortidan Safranboluda keng qamrovli ishlar amalga oshirilganini aytib o'tdi.
“Joriy yilda 108 mamlakatdan 1 millionga yaqin mehmonni qabul qildik”
Tumanda bu yil 108 mamlakatdan kelgan ziyoratchilarni qabul qilganliklarini izohlagan Yaziji, “Ziyoratchilarning tarix isi anqib turgan koʻchalarni kezib, uylarda tunab qolishi mumkinligi va Safranboluning mazali taomlaridan bahramand boʻlishlarini koʻrish... Shuningdek, Musulmon davlatlaridan kelib, tarixiy masjidlarimizda namoz o‘qiyotgan sayyohlarimizni ko'rib, katta zavq va baxtni his etamiz” - deydi u.
Xorijlik sayyohlar sonining o'tgan yilga nisbatan 250 foizga ortganini ifoda etgan Yaziji, mahalliy tashrifchilarni hisobga olgan holda, o'tgan yilga nisbatan jami ziyoratchilar sonida 20 foiz ortish kuzatilganini qayd etdi.