Har bir mevani sinchkovlik bilan tekshirish kerak. Xushboʻy, qattiq, bir tekis rangga ega boʻlgan va poʻstiga shikast yetmagan meva eng yaxshisi hisoblanadi. Bu haqda Rospotrebnadzor saytida maʼlumot berilgan.
Mandarin juda yumshoq yoki qattiq, yoxud quruq boʻlmasligi kerak. Uning yashil barglari hamma vaqt ham yangiligini bildirmaydi. Aytilishicha, meva qanchalik yengil boʻlsa, uning taʼmi shuncha nordon boʻladi.
Taʼkidlanganidek, pishgan mevalar uzoq vaqt saqlanmaydi.
Mandarinni muzlatgichning maxsus boʻlinmasida olti daraja iliq haroratda saqlashingiz va poʻstiga oʻsimlik moyi surib qoʻyishingiz kerak. Shuningdek, mevani yelim xaltachalarda saqlamaslik, qurib ketishiga yoʻl qoʻymaslik muhimdir.
Bundan tashqari, siz novdalardagi barglarni olib tashlamasligingiz lozim — bu mevalarni saqlashga yordam beradi. Sitrus mevalarni ushlaganingizdan keyin qoʻllaringizni yaxshilab yuvishingiz lozim, chunki mevalar tashilishidan oldin oltingugurt aralashmalari bilan ishlanadi, bu astmatik taʼsirga olib keladi. Sitrus mevalari oʻralgan qogʻoz va ular saqlanadigan idishlarga antiseptik ishlov berilgan boʻlishi, bu mevalarga ham tushishi mumkin. Shu sababli, ovqatlanishdan oldin ularni iliq suv bilan yaxshilab yuvish tavsiya qilinadi.