Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligida “Eng yaxshi xorijiy til oʻqituvchisi” Respublika tanlovida gʻolib boʻlgan nemis tili oʻqituvchilarini Berlin shahriga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida oʻqituvchilarga boʻlgʻusi safar boʻyicha tavsiya va takliflar berildi.
Eslatib oʻtamiz, Respublikamizning barcha hududlaridan gʻolib boʻlgan 14 nafar nemis tili oʻqituvchisi bugun Berlin shahridagi Gyote institutida ikki haftalik malaka oshirish kurslarida oʻqish uchun joʻnab ketadi.
Ushbu malaka oshirish kurslari nemis tilini oʻqitishni innovatsion va oʻquvchilarni qiziqtira oluvchi metodik-didaktik tamoyillarga asoslangan, shuningdek, oflayn va onlayn-darslar uchun interfaol uslublarni oʻrgatishga ham qaratilgan.