"Tanlov eng yaxshi qoʻshiq" va "Eng yaxshi musiqa asari" yoʻnalishlarida 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan yosh ijodkorlar oʻrtasida bir bosqichda oʻtkazildi.
Tanlov yoshlarni ezgulikka, vatanparvarlikka hamd uni ulugʻlashga chorlaydigan, maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan yangi qoʻshiq va musiqa asarlari yaratilishini ragʻbatlantirib borish maqsadida oʻtkazildi.
Shuningdek, tanlov Nizomiga muvofiq ishtirokchilar tomonidan taqdim etiladigan qoʻshiq va musiqa asarlar yangiligi, boshqa sahnalarda ijro etilmaganligi, Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini targʻib etishi bilan ajralib turdi.
Mazkur tanlovda respublikamizda ijod qilib kelayotgan 50 nafardan ziyod yosh ijodkorlar oʻzaro bellashdilar.
Tanlov yakunida sohaning nufuzli mutaxassislaridan tashkil topgan Hakamlar hayʼati tomonidan quydagicha gʻolib va sorindorlar aniqlandi.
“Eng yaxshi qoʻshiq” yoʻnalishi gʻoliblari:
1-oʻrin Gʻaybullayev Jasurbek Xasan oʻgʻli (Jizzax viloyati);
2-oʻrin Bazarbayev Baltabay Oʻralbay oʻgʻli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi);
3-oʻrin Oʻrazaliyev Bobur Rejab oʻgʻli (Toshkent shahri).
“Eng yaxshi musiqa asari” yoʻnalishi gʻoliblari:
1-oʻrin Safarov Akmal Umar oʻgʻli (Toshkent shahri);
2-oʻrin Xandamyan Viktor Sergeevich (Toshkent shahri);
3-oʻrin Sobirov Sherzod Somixjonovich (Toshkent viloyati).
Shuningdek tanlovda faol ishtirok etgan ishtirokchilar Madaniyat vazirligi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.