Dilshoda Usmonova yengil atletika boʻyicha Osiyo miqyosida medalni qoʻlga kiritgan andijonlik yagona sportchiga aylandi.
Zero, viloyat tarixida yengil atletika boʻyicha birinchi va hozircha yagona medal oltin medal boʻldi va yangilanishi murakkab boʻlgan (2 ming metrga toʻsiqlar osha yugurishda 6:55,41 soniya) rekord oʻrnatildi. Shuningdek, Oʻzbekiston boʻyicha 16,18,20 yosh toifasidagi rekord natijalar ham aynan shu qizga tegishli sanaladi. Uning oʻzi 17 yoshda.
Ikki kun oldin Quvayt mamlakatida Osiyo chempionligini qoʻlga kiritgan Qoʻrgʻontepa farzandi bugun tantanali tarzda qarshi olindi.
Andijon viloyati hokimi nomidan ushbu sportchiga 50 million soʻm va uning murabbiyiga 30 million soʻm pul mukofoti topshirildi.а