Yengil avtomobil eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 35,1 mln. AQSH dollariga yaʼni 47,9 % ga oshgan. Oʻzbekiston yengil avtomobillari asosan Qozogʻistonga (8 985 dona) eksport qilingan.

Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

- Qozogʻiston – 91,7 mln. AQSH dollari

- Ozarbayjon – 6,2 mln. AQSH dollari

- Ukraina – 5,7 mln. AQSH dollari

- Rossiya – 2,2 mln. AQSH dollari

- Tojikiston – 1,1 mln. AQSH dollari

- Boshqa davlatlar – 1,3 mln. AQSH dollari

Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 9 oyida mamlakatimizga 349,3 mln. AQSH dollari qiymatidagi 20 482 dona yengil avtomobil import qilingan.