Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.R. fuqaro F.Q.ning transport vositasini olib qochganligi yuzasidan jinoyat ishi boʻyicha 2 000 AQSH dollari evaziga sudda yengilroq jazo tayinlatib berishini aytib, F.Q.ning tanishi Sh.A.dan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.