Qayd etilishicha, Vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan korxonada tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, shu paytga qadar boʻlgan shikoyatlar asosida ham ushbu korxonalarda tekshirishlar oʻtkazilib, mehnat qonunchiligi buzilishlari yuzasidan korxona rahbarlariga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanilgan.
Tekshirishlar davomida jami 39,1 mlrd ish haqlari undirib berilib, 16,6 mlrd soʻm ish haqlari undirilishi yuzasidan koʻrsatma berilgan.