Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi M.Mamatxonov, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining Oʻzbekistondagi “EPS” markazi direktori Kvon Txe Gyom va Agentlik masʼul xodimlari ishtirok etgan uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yana-da rivojlantirish, Oʻzbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasiga ishga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda pandemiya davrida Koreya Respublikasidagi korxonasidan mehnat taʼtili, ish almashtirish uchun ariza topshirib Oʻzbekistonga qaytgan hamda viza, ish almashtirish muddati tugab Koreya Respublikasi ketolmay qolgan 164 nafar fuqarolarimizni ushbu davlatdagi ish joyiga qaytib borishida amaliy yordam berish choralarini koʻrish masalasi muhokama qilindi.
Koreya tomoni ushbu davlat qonunchiligi boʻyicha yuqorida aytilgan muammolar sabab fuqarolarning kirib borish imkoniyati mavjud emasligi hamda taʼtilga kelgan fuqarolarni 1 yil ichida ushbu davlatga kirib bormagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan qayta kirish uchun viza tasdiqnomasini (teleks) bergan taqdirdagina Koreya Respublikasiga kirib borishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlum qilindi. Qoʻshimcha ravishda ushbu muammolarni hal qilish yuzasidan “EPS” markazi tomonidan Koreya Respublikasining tegishli idoralariga murojaat qilishi va natijasi boʻyicha maʼlum qilishi aytib oʻtildi.
Bugungi kunda pandemiya sharoiti yaxshilanishiga qaramasdan Koreya Respublikasi tomonidan belgilab bergan tartib boʻyicha fuqarolarni tasdiqlangan rozilik bitimlari kelgandagina hamda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tavsiya qilingan laboratoriyalardan koronavirusga PSR test topshirishga ruxsat berilgandan soʻng Koredagi oʻz ish joylariga kirib borishlari mumkinligi toʻgʻrisida maʼlum qilindi.
“EPS” markazi direktori bilan uchrashuv oʻtkazildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining Oʻzbekistondagi “EPS” markazi direktori Kvon Taye Kyom bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Har sakkizinchi kilovatt tok energiya saqlash tizimlaridan olinmoqda
- O‘zbekistonliklar uchun kruiz kemalarida 45 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi
- Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi dzyudo boʻyicha Osiyo kubogida birinchi oʻrinni egalladi
- O‘zbekistonda 375 milliard so‘mlik 82 ta soliq nizosi sudgacha ko‘rib chiqildi
- Toshkentda Janubiy vokzal yaqinidagi yo‘l vaqtincha yopiladi
- Namanganda 500 dan ortiq bolalarga 200 dollardan hayitlik puli ajratildi