“Yer – eng cheklangan resursimiz va u doim iqtisodiy naf keltirishi kerak”, — dedi Prezident.
Shu bois, yangi yerlarni ajratishda binolarni loyihalashdan obyektni topshirishgacha boʻlgan muddatlar majburiy koʻrsatiladi.
Bunda qurilish davriga yer soligʻi boʻyicha 50 foiz imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari). Qurilishga ruxsat olish muddati davlat organi aybi bilan oʻtkazib yuborilsa, qurilish vaqti shu muddatga uzaytirib beriladi. Muddatida boʻlmasa, yer sud orqali qaytarib olinadi yoki boshqa tadbirkorga sotiladi.