Yer aholisi 28-avgust kuni oltita sayyoradan iborat paradni ko'rish imkoniga ega bo'ladi

    28-avgust, chorshanba kuni ertalab Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy Quyoshning bir tomonida saf tortadi.

    Sayyoralarning shartli paradi osmonda 160 daraja atrofidagi sektorni egallaydi.

    “28-avgust, chorshanba kuni, Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy tongda [Olti sayyora va Yerning tabiiy yo'ldoshi] 160 darajaga yaqin sektorda Quyoshning bir tomonida bo'ladi”, deyiladi xabarda.

    Toza havoda parad ishtirokchilarining bir qismini oddiy ko'z bilan, qolganlarini esa kuchli durbin yoki teleskop vositasida ko'rish mumkin, deb xabar beradi report.az.