Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjaobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon viloyati uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi ishlab chiqarish boshqarmasi iqtisodchisi M.K. fuqaro J.M.ga Andijon shahar, Toshkent koʻchasidagi qurilishi tugallanmagan binoning 4 sotix yer maydonini onlayn-auksion orqali olib berish va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 20 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, ushbu pullar hisobidan 400 AQSH dollarini Xoʻjaobod tumanidagi avtomobil bozori yonida qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.