Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.K. va boshqalar fuqaro S.ga Buxoro shahar “M.Tarobiy” MFY hududidagi 5 sotix zaxiradagi yer maydonini 8 500 AQSH dollariga sotishga kelishib, aldov yoʻli bilan 94 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.