Tadbir davomida “CHordara” mahala fuqarolar yig'ini hududidagi “Moxinur Agro Fruits” va ”Abdumannon yangi nok bog'lari” fermer xo'jaliklari tomonidan er maydonidan maqsadli va oqilona foydalanishi ko'zdan kechirildi.

Unda “Moxinur Agro Fruits” fermer xo'jaligi tomonidan 7 gektar er maydoniga ekilgan kuzgi boshoqli don ekinining 3 gektarida, “Abdumannon yangi nok bog'lari” fermer xo'jaligi tomonidan 5 er maydonida begona o'tlarga qarshi agrotexnik tadbirlar o'tkazilmaganligi aniqlandi.

 Mazkur holat yuzasidan fermer xo'jaliklari rahbariga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma rasmiylashtirildi hamda  Samarqand tuman ma'muriy sudining ochiq sud majlisi bo'lib o'tdi.

  Sud qaroriga ko'ra, “Moxinur Agro Fruits” va “Abdumannon yangi nok bog'lari” fermer xo'jaliklari rahbarlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 107-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun ushbu Kodeksning 33-moddasi qo'llangan holda ma'muriy jarima jazosi tayinlandi.

G.SHODIEVA