Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Tayloq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.P. “X.S.” fermer xoʻjaligiga qarashli 20 sotix yer maydonini fuqaro Gʻ.A.ga firibgarlik yoʻli bilan 75 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Marhamat tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “M-a.” MCHJ brigadiri T.Gʻ. fuqaro X.A.ga MCHJning 3 gektar yer maydonini 12 000 AQSH dollari evaziga bogʻdorchilik faoliyati uchun rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.