Yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlar oʻzlari turgan daftarlardan chiqarilmaydi

    Talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetishtiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoshlar ishlari agentligining “Yosh fermerlar” platformasi orqali amalga oshiriladi.

    Qarorga koʻra, talabgorlarga 30-yil muddatgacha kichik lotlarda “bir massiv – bir mahsulot” tamoyili asosida quyidagilar ijaraga beriladi:

    • sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sugʻoriladigan ekin maydonlari;
    • bogʻdorchilik-uzumchilik yoʻnalishlari uchun koʻp yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bogʻlar yer maydonlari;
    • dorivor oʻsimliklar yetishtirish, chorvachilik yoʻnalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga moʻljallangan, lalmi, boʻz, yaylov va yangi oʻzlashtirilgan yer maydonlari.

    Talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari oʻlchamlari “mahalla yettiligi” taklifiga koʻra aniqlanadi.

    Yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi.

    Talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetishtiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoshlar ishlari agentligining “Yosh fermerlar” platformasi orqali amalga oshiriladi.