Oʻzbekcha Vikipediyada rekord oʻrnatildi

    Yoshlar ishlari agentligining “WikiStipendiya” loyihasi rekord natija qayd etdi.

    Oʻzbekcha Vikipediyaning avgust oyidagi tahrirlar soni 306 mingdan oshdi. Bu haqda yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, bu koʻrsatkich jahon internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi sifatli maʼlumotlarning koʻpayishi yoʻlidagi katta qadamdir.

    Shu bilan bir qatorda, oʻzbekcha Vikipediyadagi tahrirlarning umumiy soni 5 millionga yetdi.

    “Aytish joizki, bu natija Vikipediyachilar jamoasining samarali faoliyati va loyihaga boʻlgan yuksak qiziqishining yorqin dalilidir” deyiladi xabarda.