Amerikalik astrofizik Nil Degrass Taysonning yozishicha, Yerga 2018VP1 asteroidi soatiga 25 mil (40 ming km) tezlik bilan yaqinlashmoqda.
Yerga asteroid bilan toʻqnashish xavf solmoqda. Amerikalik astrofizik Nil Degrass Taysonning aytishicha, muzlatkichdek keladigan asteroid Yerga AQSHda prezident saylovlari oʻtishidan bir kun oldin tushishi mumkin.
“Muzlatkichdek keladigan 2018VP1 asteroidi biz tomon soatiga 25 mil (40 ming km) tezlik bilan yaqinlashmoqda. U Yer bilan prezident saylovlaridan bir kun oldin – 2-noyabrda toʻqnashishi mumkin”, deb yozgan olim Instagramʻdagi oʻz akkauntida. Taysonning taʼkidlashicha, bunday oʻlchamdagi asteroid katta ziyon yetkazmaydi. “Agar qiyomat qoyim 2020-yilda yuz bergudek boʻlsa, bu fazo aybi bilan yuz bermaydi”, deb taʼkidlab oʻtgan olim.
Avgustda NASA 2018 VP1 asteroidi 2-noyabr soat 20:33da Yerga minimal masofaga yaqinlashishini maʼlum qilgan. NASA maʼlumotlariga koʻra, samo jismi sayyoramizdan 384 ming km uzoqlikda uchib oʻtadi. Oʻshanda taʼkidlanganidek, asteroidning Yer atmosferasiga kirishi ehtimoli 240tadan bittani yoki 0,41 foizni tashkil qiladi.
Asteroid 2018-yil 3-noyabrda ochilgan. U harakatlanish yoʻnalishi Yer orbitasini kesib oʻtuvchi “Appolon” asteroidlar guruhiga kiradi.