Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.K. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaro D.E.ga Andijon shahri, yoshlar kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan 10 sotix yer maydonini 46 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 25 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.