2021-yildan (OʻRQ-659-son) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalarining aniq miqdorini belgilashning yangi tartibi oʻrnatildi – bu vazifa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yangi tartib doirasida, keyingi soliq davri uchun aniq belgilangan soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabrigacha xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi hududiy soliq organlariga taqdim etiladi.

Oʻz navbatida, soliq organlari besh kun ichida soliq toʻlovchilarga belgilangan soliq stavkalari boʻyicha xabar beradi.

Ushbu Qonun 2020-yil 30-dekabrda qabul qilinganligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Kengashlari tomonidan 2021-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalarining aniq miqdorini belgilash jarayoni yakuniy bosqichda ekanligini hisobga olgan holda istisno tariqasida:

– 2021-yilda yuridik shaxslardan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun olinadigan yer soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish muddati 5 kunga uzaytiriladi;

– 2021-yilning yanvar oyi va birinchi choragi uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash joriy yilning 15-yanvarigacha amalga oshiriladi;

– 2021-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari soliq toʻlovchilarga joriy yil 10-yanvarga qadar yetkaziladi.

2021-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 2021-yil 15-yanvargacha soliq hisobotlarini taqdim etgan va tegishli soliq summalarini toʻlagan soliq toʻlovchilarga nisbatan javobgarlik qoʻllanilmaydi.