Yer sotmoqchi boʻlgan fermer xoʻjaligi rahbari ushlandi

    Xavfsizlik 22 May 2023 1432

    Buvayda tumanida 80 000 AQSH dollariga yer sotmoqchi boʻlgan fermer xoʻjaligi rahbari ushlandi.

    Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, “Sh.S.» fermer xoʻjaligi rahbari F.M. “Gʻ.» MMTP hududidan bogʻdorchilik yoʻnalishida foydalanish uchun ajratilgan sugʻoriladigan yer maydonining 0,75 gektarini fuqaro G.B.ga 80 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.