Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Toshkent metropoliteni “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishining 2-bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha boʻlgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarida qurilish ishlarining soʻngi bosqichi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni yoʻnalishdagi mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan oʻzaro bogʻlanadi.
Bu kunlarda “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar poyezdlar harakati "Texnopark" (Doʻstlik-2) — “Qiyot” (9-bekat) bekatlari oraligʻida tashkil etiladi.
Shuningdek, yoʻlovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Qiyot” (9-bekat) — “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlari oraligʻida bepul xizmat koʻrsatuvchi qoʻshimcha avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yoʻlovchilardan uzr soʻraldi.