“Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro liniyalari ostida joylashgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (291-son, 01.06.2022 y.) qabul qilindi
Hujjatga ko'ra, Toshkent metropolitenining “Do'stlik–Qo'yliq” yer usti metro yo'nalishi 1–5 bekatlari oralig'idagi yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida:
— piyodalar va velosiped yo'laklari;
— avtoturargohlar;
— aholi sayr qilishi uchun sayilgohlar;
— bolalar va sport maydonchalari tashkil etiladi.
Mazkur yer maydonlari xatlovdan o'tkazilgan holda ularning yer usti metro yo'nalishlari faoliyatiga ta'sir qilmaydigan qismi Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga o'tkaziladi.
Auktsion savdolari orqali olingan yer uchastkalarida savdo va xizmat ko'rsatish, tayyor holdagi ovqatlanish mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari, kitob do'konlari, avtoturargohlar hamda madaniy hordiq chiqarish va sport maskanlari barpo etiladi. Bu haqida huquqiy axborot telegram kanali xabar bermoqda.