Bu Prezidentning «Soliqlarning yigʻiluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi qarorida belgilab qoʻyilgan.
Hujjatga koʻra, mazkur tartib namunali eksperiment sifatida avval Namangan viloyatida sinab koʻriladi. Soliq qoʻmitasi 2026-yil 1-oktyabrga qadar tajriba natijalari boʻyicha xulosa tayyorlab, uni boshqa hududlarda ham joriy etish masalasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Shu bilan birga, soliq organlari faoliyatini baholashda inson omili aralashuvisiz avtomatik shakllanadigan samaradorlik koʻrsatkichlarini joriy etish ishlari davom ettiriladi.








