Yer yuzini magnit bo‘ronlari qoplaydi

    xavfli sanalar taqvimi ma’lum qilindi.

    Magnit boʻronlari haqida nimalarni bilamiz?

    Magnit boʻronlar quyosh shamoli oqimlari Yerning atrof muhiti bilan toʻqnashganda, keyin esa sayyora magnitosferasi bilan oʻzaro taʼsirlanish yuzaga kelganda hosil boʻladi. Magnit boʻronlarning faolligi paytida salomatligi ob-havoga bogʻliq boʻlgan odamlar va homilador ayollarda bosh ogʻrigʻi, yurak, boʻgʻimlar va belda ogʻriqlar paydo boʻlishi mumkin. Qolaversa, ayni kunlarda surunkali kasalliklarga chalingan, immuniteti zaif insonlar ham ehtiyot boʻlishlari zarur.

    Ushbu davrda bosh ogʻrigʻi va bosh aylanishi, asabiylashish va tushkun kayfiyat, bosimning oshishi yoki pasayishi, uyqu buzilishi va tashvish, sababsiz depressiya, yurak-qon tomir tizimidagi buzilishlar, surunkali kasalliklarning kuchayishi kabi alomatlar koʻp uchraydi.

    2023-yil fevral magnit boʻroni taqvimi:

    5-fevral — kuchli magnit boʻroni yuzaga keladi. Bu paytda qattiq mehnatdan chekinish tavsiya etiladi.

    7-fevral — oʻrta zichlikdagi magnit boʻroni. Sogʻlom ovqatlaning va ochiq havoda koʻproq vaqt oʻtkazing.

    10-fevral — kuchli magnit boʻroni. Shu kuni turli asabbiyliklardan oʻzingizni asrang.

    15-fevral — zaif magnit boʻroni. Salomatligi ob-havoga bogʻliq odamlarga koʻproq dam olish tavsiya etiladi.