Erdog'an Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishini ma'qulladi

    Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an mamlakat parlamentining Shvetsiyaning NATO a'zoligini ratifikatsiya qilishini ma'qulladi. Bu haqda 25-yanvar kuni Turkiyaning rasmiy gazetasi xabar berdi.

    23-yanvar kuni Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a'zoligini ma'qullagan edi. Shvetsiyaning arizasi yuzasidan hali qaror qabul qilmagan yagona NATO davlati Vengriyadir, deb xabar beradi korrespondent.net.

    Xabar qilinganidek, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan suhbatdan so'ng mamlakat parlamentini Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizasini ratifikatsiya qilishga chaqirdi.