Erdog'an Turkiya fuqarolarini suvni tejashga chaqirdi

    Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an mamlakat fuqarolarini oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmaslik uchun suv resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga chaqirdi.

    “Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini kafolatlashning yo'li suv resurslaridan xavfsiz va samarali foydalanishdan iborat”, dedi Turkiya rahbari.

    Erdog'anning so'zlariga ko'ra, Turkiya suv tanqisligi mavjud davlatlar qatoriga kiradi, deb xabar beradi mir24.tv.