3-oktyabr kuni kechqurun u sayyoraga taxminan 6 million kilometr masofada yaqinlashadi. Bu haqda NASAning Yerga yaqin obyektlarni o'rganish markazi xabar berdi.
NASA ma'lumotlariga ko'ra, osmon jismi seshanba kuni, Moskva vaqti bilan 23:39 da Yerga eng yaqin masofada yaqinlashadi. Ayni damda asteroidning tezligi soniyasiga 20,96 kilometrni tashkil qiladi.
Astronomlar ushbu ob'ektni 1989-yil 30-sentabrda kashf qilishgan. Shundan so'ng u 33,5-yil davomida teleskop kameralarida ko'rinmadi. Keyin u 13-fevralda “ko'rinish berdi”.
Asteroid 349507 (2008 QY) Yer orbitasini kesib o'tuvchi astronomik obyektlardandir. U potensial xavfli hisoblanadi, chunki u Yer orbitasini 7,5 million kilometrdan kamroq masofada kesib o'tadi, deb xabar beradi mir24.tv.