Yerga beshta yirik asteroid yaqinlashmoqda

    2023-yil oxirigacha Yerga beshta asteroid yaqinlashadi.

    139622 (2001 QQ142) deb nomlangan asteroidning diametri 0,3 dan 1,5 kilometrgacha bo'lib, barcha ma'lum asteroidlarning 97 foizidan kattaroqdir. Obyekt 6-dekabr kuni Yer yonidan 5,5 million kilometr masofada uchib o'tadi. Uning tezligi ssoatiga 23 900 kilometrni tashkil qiladi.

    341843 (2008 EV5) deb nomini olgan asteroidning diametri 0,4 kilometr bo'lib, 20 dekabr kuni Yerga 6,3 million kilometr masofada yaqinlashadi.

    Uchinchi asteroid 2019 CZ2 koinot standartlari bo'yicha juda kichik bo'lib, uzunligi 21 – 98 metr atrofida. U 25-noyabr kuni Yerga 1,1 million kilometr masofada yaqinlashishi kutilmoqda.

    To'rtinchi fazoviy obyekt, 2020 YO3 deb nomlangan bo'lib, o'lchami 31 dan 70 metrgacha bo'lishi taxmin qilinmoqda. U 1100 kun ichida Quyosh atrofini to'liq aylanib chiqadi va 23-dekabrda Yerga 1,3 million kilometr masofada yaqinlashadi.

    Diametri 44 — 99 metrgacha bo'lgan beshinchi asteroid 2013 VX4 deb nomlangan bo'lib, sayyoramizga 4-dekabr kuni yaqinlashadi. U Yerdan 1,2 million kilometr masofada soatiga 23 600 kilometr tezlikda uchib o'tadi, deb xabar beradi mir24.tv.