Unga ko'ra, fazoviy jismlar 3 va 4-dekabr kunlari sayyoramiz yonidan uchib o'tadi. Ularning o'lchamlari juda katta – 402 va 387 metr.
“Ushbu o'lchamlarni Nyu-Yorkda (AQSh) joylashgan Empayr-steyt-bilding binosining balandligi bilan solishtirish mumkin”, deyiladi nashrda.
Asteroidlardan biri Yerdan ikki million kilometr uzoqlikda, ikkinchisi besh yarim million kilometrdan ortiq masofa bo'lishi taxmin qilinmoqda.
NASA diametri 140 metrdan ortiq bo'lgan astroidlarni xavfli deb tasniflash kerak, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, gap asteroidlarning Yerga yetti yarim million kilometrdan yaqinroq masofada yaqinlashishi haqida ketmoqda, deb xabar beradi news.by.