Xitoyning koinot tadqiqotlaridagi yutuqlarini eslab, Ayzekman endi Xitoyni AQShga teng kuchli raqobatchi deb hisoblamasligini aytdi, deb xabar berdi report.az.
“Ular bizni quvib yetishga yaqinlashmoqda. Ular aqlbovar qilmaydigan tezlikda oldinga siljishmoqda. Menimcha, olti oy oldin bu haqda bilgan barcha narsalarimiz allaqachon eskirgan: bu vaqt ichida ular ikki avlodga oldinga o‘tib olishdi.
NASA o‘zgarishi, yagona yondashuvni ishlab chiqishi, asosiy kompetensiyalarni va “mushak xotirasi” deb ataladigan narsani tiklashi kerak. Koinot sohasida biz bilan raqobat qila oladigan geosiyosiy raqibimiz bo‘lmagan o‘sha o‘n yilliklarda hammani rozi qilishga harakat qilish mumkin edi. Ammo agar biz hozirda bo‘lgani kabi yo‘l tutishda davom etsak, hech kim xursand bo‘lmaydi, chunki bizdan oldin taykonavtlarning Oyga qo‘nganini ko‘ramiz”, dedi u.