Shu munosabat bilan aholining transport ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz tashishni taʼminlash maqsadida Toshkent shahrida vaqtinchalik yoʻnalishlar tashkil etiladi, deya xabar beradi Transport vazirligi.
Yoʻnalishlar quyidagicha:
- K-1: “Buyuk Ipak yoʻli” metro bekati — M. Yusuf koʻchasi (Dogʻiston) — 3-qabriston (Oʻrtasaroy)« — 5 ta MAN rusumli avtobus.
- K-2: «Qoʻyliq bozori — 3-qabriston (Oʻrtasaroy)« — 4 ta MAN rusumli avtobus.
Shuningdek, 1, 14, 16, 21, 30, 80, 96-sonli (Botkin koʻchasidagi 1-qabriston orqali) hamda 17t va 98-sonli (2-qabriston orqali — Doʻmbirobod) yoʻnalishlarda harakatlanish kuchaytiriladi.
Vaqtinchalik yoʻnalishlarda yoʻl haqi 5000 soʻm. Avtobuslar soat 07:00 dan 18:00 gacha qatnaydi.