-57 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Gʻulomjon Abdullayev esa dastlabki davrada xitoylik polvon Minghu Liuni 10:2 hisobida magʻlub etdi. Keyingi bahsda rossiyalik Zaur Uguyevga duch keldi. Teng kurash ostida oʻtgan bahsda 6:6 hisobi qayd etildi. Erkin kurash qoidalariga koʻra, durang qayd etilsa, soʻnggi boʻlib ochko qoʻlga kiritgan sportchiga gʻalaba beriladi. Soʻnggi ochkoni Zaurga qoʻlga kiritgan edi, shu bois gʻalaba uning hisobiga yozildi.
Lekin kurash ishqibozlarimiz xafa boʻlishiga asos yoʻq. Chunki Yazdoniy ham, Ugayev ham oʻz vazn toifalarida finalga chiqishdi. Erkin kurash qoidalariga binoan raqibi finalga chiqsa, kurashchi bahsni davom ettiradi. Xullas, ertaga ikki erkin kurashchimiz ham bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Biz esa polvonlarimizga omad tilab qolamiz.