Yerni magnit bo'roni qopladi

    Yer atmosferasida magnit bo'roni sodir bo'ldi. Geomagnit o'zgarishlar yakshanba oqshomida boshlangan va hozirgacha davom etmoqda.

    Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi saytida ma'lum qilindi.

    Qayd etilganidek, 24-sentabr kuni Moskva vaqti bilan kechki soat to'qqizdan hozirgi kungacha Yer atmosferasida kuchsiz magnit bo'roni – G1 darajasida (besh balli shkala bo'yicha) davom etmoqda.

    Magnit bo'ronlari energiya tizimlarida nosozliklarga olib kelishi, shuningdek, qushlar va hayvonlarning migratsiya yo'llariga ta'sir qilishi mumkin. Ob-havoga ta'sirchan odamlar ularning ta'sirini ko'proq his qiladi. Magnit bo'ronlar, ayniqsa, qonning yopishqoqligiga ta'sir qiladi, tromblar paydo bo'lish ehtimolini oshiradi, organizmda gaz almashinuvini kamaytiradi va qon bosimini oshiradi. Bunday bo'ronlar paytida insult, yurak xuruji, gipertonik inqirozlar soni ortadi, migren kuchayadi, deb xabar beradi mir24.tv.